O'zbekiston

Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlari maktablarida yangi o‘quv yiliga eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan

Umumtaʼlim maktablarining 29 tasida taʼmirlash, jihozlash, tayyorgarlik ishlari olib borilmayotganligi aniqlandi.

Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlari maktablarida yangi o‘quv yiliga eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan respublikadagi umumtaʼlim maktablarning 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan respublikadagi jami 9978 ta umumtaʼlim maktablaridan 7039 tasida 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, umumtaʼlim maktablaridan jami 5398 tasi yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirilgan, 1612 tasida tayyorgarlik ishlari davom etmoqda, 29 tasida esa taʼmirlash, jihozlash, tayyorgarlik ishlari olib borilmayotganligi aniqlandi.

Hududlar kesimida yangi o‘quv yiliga eng yaxshi tayyorgarlik Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlarida ko‘rilgan.

Shuningdek, umumtaʼlim maktablarda sanitariya qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 2752 nafar masʼul shaxsga nisbatan maʼmuriy choralar (jarimalar) qo‘llanilgan, 78 ta umumtaʼlim maktablar ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 1768 nafar ishchi-xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tmagani sababli ishdan vaqtincha chetlashtirilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"