O'zbekiston

Toshkentda bepul avtobus yo'nalishi yo'lga qo'yildi

Toshkent metropolitening Yunusobod yo’nalishidagi ayrim bekatlarning vaqtinchalik yopilishi sababli tashkil etilayotgan mazkur yo'nalishdagi avtobuslar har kuni soat 05:00 dan 00:00 ga qadar 3 daqiqalik interval bilan harakatlanadi.

Toshkentda bepul avtobus yo'nalishi yo'lga qo'yildi

 

“Toshshahartransxizmat”ning ma'lum qilishicha, 26-avgustdan boshlab metropoliten yo'nalishining "Yunusobod" va "Turkiston" stansiyalari ishga tushirilgunga qadar 2m-sonli “Yunusobod 12-dahasi – Shaxriston metrosi” oralig’ida vaqtinchalik xizmat ko’rsatuvchi bepul metrobus yo’nalishi tashkil etilmoqda.

 

Mazkur tashkil etilayotgan vaqtinchalik metrobus yo'nalishidagi harakat jadvallari soni "King Long" rusumli 10 ta avtobuslar asosida tashkil etiladi.

 

Qayd etilishicha, yo'nalishning ish tartibi 3 daqiqalik oraliq interval bilan soat 05:00 dan 00:00 ga qadar etib belgilangan. Yo'nalish Yunusobod mavzesi 12-daha bekatidan Yunusobod, "Turkiston" va "Shaxriston" metro bekatlari orqali to'xtab harakatlanadi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq 26-avgust kunidan boshlab Toshkent metropoliteni “Yunusobod” yo‘nalishining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari rejali profilaktik ishlar sababli 4 oy muddatga yopilishi haqida xabar berilgandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"