O'zbekiston

O‘zbekistonda 27-avgustdan ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda

O‘zbekistonga Rossiyaning janubiy hududlaridan 26-avgustdan boshlab nam va salqin havo massalari kirib keladi. Natijada yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda 27-avgustdan ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda

 

"O'zgidromet" ma'lumotlariga ko'ra, ertaga 26-avgust kuni respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga Rossiyaning janubiy hududlaridan nam va salqin havo massalarining kirib kelishi boshlanadi. Natijada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

 

Respublikaning qolgan hududlarida esa 26-avgustda quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat 33-36 daraja atrofida boʻladi.

 

Rossiyadan kirib kelgan nam va salqin havo massalari Oʻzbekistonning barcha hududlarini 27-28-avgust kunlari to'liq qamrab oladi. Natijada barcha joylarda bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, respublikaning koʻpchilik viloyatlarida baʼzi joylarda vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan yomgʻir yogʻadi. Kunduzgi havo harorati 23-28 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab havo biroz salqinlashadi. Harorat 28-avgustga kelib, kechasi 13-16 darajagacha pasayadi.

 

Ushbu kunlarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

 

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida ob-havoni oʻzgarishi sezilarli boʻladi, bu hududlarda 27-28-avgust kunlari baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻib oʻtadi.

 

Kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi hisobiga respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 27-29-avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"