O'zbekiston

O‘zbekiston bo‘ylab sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Bu ishga beeʼtibor bo‘lgan 8 nafar shaxsga huquqiy baho beriladi.

O‘zbekiston bo‘ylab sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

 

"O‘zbekneftgaz" maʼlumotiga ko‘ra, respublika bo‘ylab katta miqdorda talabga javob bermaydigan benzin mahsulotlari aniqlandi.

 

Respublika bo‘yicha isteʼmolchilarga  berilayotgan avtobenzin sifati bo‘yicha eʼtirozlar ko‘payganligi sababli, neft bazalar va AYOQSHlar orqali sotilayotgan benzinning sifati bo‘yicha o‘rganishlar va tahlillar olib borilgan. 

 

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida kelib tushgan murojaatlar asosida “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarga asosan Kuchlik neft bazasi (73,2 tonna), Navoiy neft bazasi ( 38,7 tonna), Urganch neft bazasi (2,072 ming tonna) va Buxoro neft bazalari (1,86 ming tonna) MCHJlarda saqlanayotgan avtobenzin sifati O‘z Dst 3031:2015 davlat standarti talablariga javob bermasligi, yaʼni avtobenzin tarkibidagi qatron (smola) va oltingugurt (sera) miqdori belgilangan meʼyordan yuqori hamda bir holatda (“Navoiy neft bazasi” MCHJ) oktan soni meʼyordan pastligi aniqlangan. Jami aniqlangan sifatsiz mahsulotlar miqdori 4,044 ming tonnani tashkil etgan.

 

Kuchlik (73,2 tonna) va Navoiy (38,7 tonna) neft bazalarida aniqlangan sifatsiz neft mahsulotlarining sifatlari “O‘zenergoinspeksiya”ning majburiy ko‘rsatmasiga asosan, O‘zbekiston neft va gaz ilmiy tadqiqot va loyihalash instituti, “O‘zneftmahsulot" va “O‘zdavneftgazinspeksiya” tomonidan ishlab chiqilib 2012 yilning 1 oktyabr kunidan kuchga kirgan “Neft, gaz kondensati va neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tashish, berish va hisobga olish bo‘yicha yo‘riqnoma” 30-sonli ilovasining 4-bandi “Nokonditsion mahsulotlarni aniqlash bilan bog‘liq asosiy chora-tadbirlar, mahsulotlar sifatini tiklash” asosida o‘rnatilgan tartibda tiklanib, kamchilik bartaraf etilib, isteʼmolchilarga sifatli tarzda yetkazib berilgan. Neft mahsulotlarining sifati bo‘yicha isteʼmolchilardan eʼtirozlar bo‘lmagan.

 

“Urganch neft bazasi” MCHJ va uning Shovot hamda Xonqa filiallarida (2,072 ming tonna) aniqlangan sifatsiz avtobenzinning 587,0 tonnasini “O‘zenergoinspeksiya”ning majburiy ko‘rsatmasiga asosan, yuqorida keltirilgan yo‘riqnoma talablari asosida o‘rnatilgan tartibda sifati tiklanib, isteʼmolchilarga yetkazib berilgan. Ushbu mahsulot bo‘yicha ham isteʼmolchilardan eʼtirozlar kelib tushmagan. Hozirgi kunda 1,485 ming tonna avtobenzinining sifatini tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

 

“Buxoro neft bazasi” MCHJ va uning Qorako‘l filialida (1,86 ming tonna) aniqlangan sifatsiz neft mahsulotlarining 323,0 tonnasini “O‘zenergoinspeksiya”ning majburiy ko‘rsatmasiga binoan, yuqorida keltirilgan yo‘riqnoma talablari asosida o‘rnatilgan tartibda sifati tiklanib, isteʼmolchilarga yetkazib berilgan. Hozirgi kunda 1,537 ming tonna avtobenzinning sifatini tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

 

Neft mahsulotlari sifatining buzilishiga yo‘l qo‘ygan 4 nafar rahbar xodim va 4 nafar moddiy javobgar shaxslar faoliyatiga nisbatan huquqiy baho beriladi.

 

Neft mahsulotlarini sifat va miqdor jihatidan bus-butun saqlanishini taʼminlash yuzasidan barcha neft baza rahbarlari ogohlantirilgan va kelgusida neft mahsulotlarini sifat jihatidan to‘liq saqlash hamda isteʼmolchilarga sifatli tarzda yetkazib berilishini taʼminlash bo‘yicha neft bazalar tomonidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda, deyiladi xabarda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"