O'zbekiston

Endi Qirg‘iziston — O‘zbekiston chegarasidan ID-karta orqali o‘tish mumkin

Bu tartib, ayniqsa O‘zbekistonning eksklav hududlari bo‘lgan So‘x, Shohimardon, Cho‘ng‘ara kabi hududlaridagi o‘zbekistonliklar uchun katta yengillik bo‘ldi.

Endi Qirg‘iziston — O‘zbekiston chegarasidan ID-karta orqali o‘tish mumkin

 

1 sentyabrdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlat hududiga ID-karta bilan o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati maʼlum qildi. 

 

“2023 yil 1 sentyabrdan Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari kirish, chiqish va ikki davlat hududida harakatlanish va bo‘lib turish uchun boshqa yurish hujjatlari bilan bir qatorda ID-kartalardan foydalanishlari mumkin”, —  deyilgan xabarda.

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil yanvarida Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida fuqarolarning o‘zaro borib-kelishlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma imzolangandi. U O‘zbekistonning barcha fuqarolari Qirg‘izistonga, xuddi shunday Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonga ID-karta bilan kirishlari mumkin bo‘lishini nazarda tutadi. Ilgari faqat xorijga chiqish pasporti bilan mumkin edi.

 

Fuqarolarning chegaradan kirish-chiqishi haqidagi maʼlumotlar elektron tarzda qayd etiladi, pasportga shtamp bosishga hojat qolmaydi.

 

Ushbu yengillik istalgan transport orqali (samolyot, poyezd, avtomobil, avtobus va hokazo) chegarani kesib o‘tishda amal qiladi.

 

Ushbu tartib, ayniqsa O‘zbekistonning eksklav hududlari bo‘lgan So‘x, Shohimardon, Cho‘ng‘ara kabi hududlaridagi o‘zbekistonliklar uchun katta yengillik bo‘ldi. Ularning chegaradan o‘tishlaridagi ortiqcha byurokratiyaga chek qo‘ydi.

 

Maʼlumot uchun, bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali o‘zaro borib-kelish tartibi yo‘lga qo‘yilmagan edi. Qirg‘iziston birinchisi bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"