O'zbekiston

Respublika ishchi guruhi Buxorodagi muammolarni o‘rgandi

Jumladan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida jami 12,6 kilometr ichki yo‘llarga asfalt, beton qoplamasi yotqizish hamda shag‘allashtirish ishlari bajarildi.

Respublika ishchi guruhi Buxorodagi muammolarni o‘rgandi

 

Respublika ishchi guruhining joylarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish hamda «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» mezonlarini joylarda joriy etish, aholi bilan muloqot o‘tkazish va muammolarni bartaraf bo‘yicha faoliyati Buxoro viloyatida davom etmoqda.

Xususan, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari boshchiligida tezkor shtab va viloyatning 4 ta sektori kesimida ishchi guruhlar tashkil etilib, har bir guruhga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

 

Hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

 

Jumladan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida jami 12,6 km ichki yo‘llarga asfalt, beton qoplamasi yotqizish hamda shag‘allashtirish ishlari bajarildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash uchun 101 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatish hamda 1,5 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash uchun yangidan 1 600 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

Aholi sog‘lig‘ini saqlash masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida bo‘ldi. Shofirkon tumanida maqsadli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ko‘rik  davomida 343 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan, tibbiy ko‘rik jarayonida 305 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi, 46 nafar bemor tuman va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, ularga davolanish va diagnostika uchun bepul yo‘llanmalar berildi.

 

Aholi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik masalalarini hal etish maqsadida tijorat banklari tomonidan 719 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 68 107,8 mln so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 191 ta, xizmat ko‘rsatish sohasiga 6 ta, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish yo‘nalishida 10 ta, sanoatni  rivojlantirish yo‘nalishida 2 ta fuqaroga kredit mablag‘lari ajratildi.

 

Shuningdek, 5 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida ularning tikuvchilik kasbini egallaganligini inobatga olib, “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 23,5 mln so‘mga tikuv mashinalari olib berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda nogironligi bo‘lgan 91 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan jami 120,1 mln so‘m moddiy yordam pullari olib berildi, 3 nafar fuqaroga jami 19,2 mln so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari evaziga tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun press asbob-uskunasi va umumiy ovqatlanish faoliyati uchun zarur bo‘lgan gaz plitalari topshirildi.

 

 Ishlar davom etmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Respublika ishchi guruhi Buxorodagi muammolarni o‘rgandi