O'zbekiston

O‘zbekistonda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar soni ma’lum qilindi

Shuningdek, yangi o'quv yilida davlat granti va to‘lov-kontrakti asosida o'rtacha o'tish ballari haqida ham ma'lumot berildi.

O‘zbekistonda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar soni ma’lum qilindi

 

O'zbekistonda 2023/2024-o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra, 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan:

 

  • 42 655 nafari — davlat granti;
  • 150 766 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

 

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

 

  • kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.

 

Tanlov natijalariga ko‘ra:

 

  • davlat granti asosida o‘rtacha ball — 119,3 ballni;
  • to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 93,3 ballni tashkil etdi.

 

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 180 ming nafarga yaqini  — umumiy qabul parametrlari doirasida, 13,5 ming nafarga yaqini — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"