O'zbekiston

O‘zbekistonda Ozarbayjon tajribasi asosida funduk yetishtiriladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida funduk yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekistonda Ozarbayjon tajribasi asosida funduk yetishtiriladi

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida funduk yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

 

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Agrarko” kompaniyasi direktori Jovid Kazimov bilan uchrashdi.

 

“Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.

 

Muzokaralar chog‘ida o‘rmon yong‘og‘ini O‘zbekistonda yetishtirish va uni qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kunida Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi. Shuningdek, tashrif doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"