O'zbekiston

Dog‘istondagi portlashda 4 nafar O'zbekiston fuqarosi halok bo'ldi

Portlash oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlanganlarning oilalariga 1 mln rubl miqdorida yordam ko'rsatiladi.

Dog‘istondagi portlashda 4 nafar O'zbekiston fuqarosi halok bo'ldi

 

Maxachqal’ada ro‘y bergan portlashda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Dog‘iston rahbari matbuot xizmatiga tayanib "TASS" xabar bermoqda. Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning aytishicha, Maxachqal’a chekkasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida sodir bo‘lgan portlash natijasida xorijiy davlatlar fuqarolari halok bo‘lgan.

 

"Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Maxachqal'a chekkasida sodir bo'lgan portlash oqibatida to'rt nafar O'zbekiston fuqarosi halok bo'lgan. Qurbonlarning oilalariga 1 million rubl miqdorida yordam ko'rsatiladi", - deyiladi xabarda.

 

"TASS"ning yozishicha, fojiadan bir necha kun o‘tib Dog‘iston jamg‘armalari tomonidan halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga yordam berish uchun 100 million rubldan ortiq mablag‘ yig‘ilgan. 

 

Ma'lumot uchun, 14-avgust kuni kechqurun Maxachqalʼada avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasida portlash ro‘y bergandi. Natijada portlashdan keyin chiqqan yong‘in uning yonidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi bo‘ylab tarqalgan. Yong‘in oqibatida 35 kishi halok bo‘lib, yana 75 kishi jarohat olgan. Respublikada motam eʼlon qilingan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"