O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva: "Hozirda 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rniga ehtiyoj bor"

Toshkentda "Sifatli taʼlim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti poydevori" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Saida Mirziyoyeva: "Hozirda 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rniga ehtiyoj bor"

 

Toshkentda «Sifatli taʼlim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti poydevori» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

 

"Hammamizga maʼlumki, taʼlim sohasida qiladigan ishlar ham, yillar davomida yechimini kutib charchagan muammolar ham, oddiy ichimlik suvidan tortib, isitish moslamalari-yu, sanitar sharoitlari yo‘q maktablar qancha. Afsuski, maktablar qurilishi yangi tug‘ilayotgan bolalarga yetib ulgurmayapti. Hozirda 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rniga ehtiyoj bor.

 

O‘tgan 7 yilda 5 140 ta maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. O‘qituvchilarning oylik maoshlari ko‘tarildi. Millatimiz paxta qulligidan ozod etildi. O‘qituvchilarni maktabga qaytarish Prezidentimizning armoni va orzusi edi. Bugun o‘qituvchi darsda.

 

Endi ularga tajriba, bilim va o‘qitish uchun dasturlar, metodika va darsliklar kerak.

 

Bu yil boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsliklari tubdan yangilanyapti. Hozirda 5–11 sinflar uchun darsliklar yaratish ishlari boshlandi.

 

Shu bilan birga yangi metodika asosida Toshkentda 300 nafar ilg‘or pedagog o‘z malakasini oshirdi.

 

Umid qilamanki, ustozlarimiz zamonaviy bilim va qo‘nikmalarni qunt bilan o‘zlashtirib, qolgan hamkasblariga ham ularni yetkazishadi", — qayd etdi Saida Mirziyoyeva.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"