O'zbekiston

Mirziyoyev Ozarbayjonda. Prezident Shahidlar xiyoboniga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyevga rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohlik qilmoqda.

Mirziyoyev Ozarbayjonda. Prezident Shahidlar xiyoboniga tashrif buyurdi

 

Ozarbayjon Respublikasida davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyev bilan “Shahidlar” xiyobonini ziyorat qildi.

 

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Mangu alanga” yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.

 

O‘zbekiston Prezidentiga “Shahidlar xiyoboni” tarixi, Boku shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari haqida maʼlumot berildi.

 

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birga Faxriy xiyobonga tashrif buyurib, Ozarbayjon yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shavkat Mirziyoyev Haydar Aliyev haykali poyiga gul qo‘ydi.

 

Shuningdek, olim-oftalmolog akademik Zarifa Aliyeva, atoqli davlat arbobi Aziz Aliyev va taniqli shifokor-olim Tamerlan Aliyevlar qabriga ham gullar qo‘yildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"