O'zbekiston

Endi IIV Akademiyasida xorijiy kadrlar tayyorlanadi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Endi IIV Akademiyasida xorijiy kadrlar tayyorlanadi

 

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

 

Hujjatga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Akademiyada Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti tashkil etiladi.

 

Qaror bilan bu bo‘yicha nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, Akademiyada xorijiy kadrlarga taʼlim berish ikki va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

 

“Akademiyada xorijiy kadrlar uchun yillik qabul kvotalari prezident tomonidan belgilanadi”, deyiladi hujjatda.

 

Xorijiy davlatlar kesimidagi har yilgi kvota, mutaxassislik va o‘qitish turi bo‘yicha taqsimot Ichki ishlar vazirligi tomonidan Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

 

"Akademiyaga xorijiy kadrlar kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi", deb belgilangan hujjatda.

 

Xorijiy kadrlarga o‘zbek, rus va ingliz tillarida taʼlim beriladi.

 

Xorijiy kadrlarni tayyorlash bakalavriat, magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim dasturlari bo‘yicha kunduzgi taʼlim shaklida, qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari bo‘yicha kunduzgi va masofaviy shakllarda amalga oshiriladi.

 

Bakalavriat taʼlim dasturlarini o‘zlashtirgan xorijiy kadrlarga mutaxassisligi bo‘yicha malaka, belgilangan davlat namunasidagi diplom va ko‘krak nishoni beriladi.

 

Magistratura taʼlim dasturlarini o‘zlashtirgan xorijiy kadrlarga tegishli magistr darajasi hamda belgilangan davlat namunasidagi diplom va ko‘krak nishonlari beriladi.

 

Tayanch doktorantura dasturini o‘zlashtirgan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan xorijiy kadrlarga tegishli fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi beriladi.

 

Qisqa muddatli kurslarni tamomlagan xorijiy kadrlarga belgilangan namunadagi guvohnomalar (sertifikatlar) beriladi.

 

Shuningdek, o‘qishga qabul qilingan vaqtda ofitserlik unvoniga ega bo‘lmagan, bepul asosda taʼlim oluvchi xorijiy kadrlarga “Akademiya kursanti” lavozimi bo‘yicha pul taʼminoti beriladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"