O'zbekiston

Hafta oxirigacha o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, ayrim hududlarga 25-avgustdan Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi.

Hafta oxirigacha o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

 

"O'zgidromet" ma'lumotlariga ko'ra, 21-25-avgust kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat bugun, 21-avgust kunduzi respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba’zi joylarda va 22-24-avgust kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Havo harorati asosan kechalari 18-23 daraja, kunduzi 21-avgustda 34-39 daraja, 22-23 avgustda 32-37 daraja, 24-25 avgustda esa 34-39 daraja bo‘ladi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 25-avgust kuni Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi. Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi.

 

Shuningdek, 20-avgustda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"