O'zbekiston

Andijonda narkotik bilan savdo qiluvchilar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan tergov boshlangan.

Andijonda narkotik bilan savdo qiluvchilar ushlandi

 

Andijon viloyatida katta miqdordagi narkotik modda musodara qilindi, deya xabar bermoqda “O‘zA” axborot agentligi.

 

Qayd etilishicha, Andijon shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Equinox avtomashinasi Oltinko‘l tumanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 1 kg 988 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida Andijon shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs ushbu ajal og‘usini Tojikiston Respublikasidagi narkosavdogarlardan 5500 AQSH dollari evaziga Namangan viloyatining Pop tumani hududiga keltirib berish sharti bilan sotib olganligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.

 

O‘z navbatida “Equinox” avtomashinasi egasi ushbu giyohvandlik vositasini tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan qoldirib ketilgan xufiya joydan olib, jinoiy sherigining yoniga ketayotgan bo‘lgan.

 

Boshqa holatda esa Qirg‘iz Respublikasidan giyohvandlik vositalarini olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan 2 nafar shaxs ushlandi.

 

Xususan, Jalaquduq tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro 100 gr “gashish” moddasini Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1974 yilda tug‘ilgan jinoiy sherigiga olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Shuningdek, uning yashash xonadonidan 586 gr “gashish”, jinoiy sherigi uyidan esa 19 gr “gashish” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Andijon shahrida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs esa o‘z o‘g‘lining boshqaruvida bo‘lgan KIA avtomashinasida Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan vaqtida Bo‘ston tumanidagi 44-sonli YPX maskanida to‘xtatildi.

 

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning salon qismida Qirg‘iz Respublikasidan keltirilgan 673 gr “gashish” moddasi hamda 42 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 14 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olindi.

 

Andijon shahrida qayd etilgan yana bir holatda 1969 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs Qirg‘iz Respublikasidan narkotik moddalar olib kelib, sotishini boshqalardan sir tutish maqsadida shaharning boshqa hududidan ijaraga uy olganligi aniqlandi.

 

Uning ijaraga olgan xonadoni ko‘zdan kechirilganda kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan jami 269 gr “gashish” moddasi va 1 dona elektron tarozi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"