O'zbekiston

Fuqarolikka qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zgarishlar orasida ayrim yengililliklar ham bor.

Fuqarolikka qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun davlat tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirish tartibiga yangiliklar kiritilgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida tartibga solingan. Fuqarolikka qabul qilishdagi asosiy talablardan biri –talabgorning davlat tili bo‘yicha ko‘nikmalarini baholashdan iborat.

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarga keladigan bo‘lsak, aslida joriy yilning 14 avgustida fuqarolik olish tartibiga bir qator yangiliklar kiritildi.

 

Ular nimalardan iborat?

 

Birinchidan, endilikda fuqarolikka qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun hujjatlar bevosita davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali yuboriladi.

 

Talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Avvalgi tartibga ko‘ra, talabgor bevosita Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalariga borib hujjat topshirgan.

 

Ikkinchidan, fuqarolik olishga talabgor ortiqcha hech qanday hujjat topshirishi shart emas, faqat davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali so‘rovnomaga o‘zi haqidagi maʼlumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritsa, yetarli.

 

Talabgorning shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar hamda fotosurati Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan vakolatli organlar orqali elektron so‘rov asosida olinadi.

 

Ilgari talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat asli (nusxa olib qaytarib berilgan) hamda 3,5x4,5 o‘lchamli rangli 2 dona fotosuratni toshirishi kerak bo‘lgan.

 

Uchinchidan, davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun BHMning 20 foizi (66 ming so‘m) miqdoridagi to‘lov Yagona billing tizimi orqali to‘lanadi.

 

Shuningdek, talabgor xizmatdan YAIDXP orqali foydalansa, to‘lov 90 foiz miqdorda undiriladi, yaʼni 66 ming so‘m emas 59 ming 400 so‘m bo‘ladi.

 

Oldin bunday chegirma yo‘q edi.

 

To‘rtinchidan, davlat tilini yetarli darajada bilish yoki bilmaslik haqidagi xulosadan norozi bo‘lganlar uchun appelyatsiya berish huquqi kiritildi.

 

Unga ko‘ra, talabgor natija chiqqanidan keyin 5 ish kunida davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining o‘ziga norozilik haqida ariza berishi mumkin bo‘lmoqda.

 

Apellyatsiya ko‘rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

 

– natijani o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani rad etish;

 

– natijani o‘zgartirish va apellyatsiyani qondirish;

 

– imtihonni bekor qilish va takroriy imtihon tayinlash.

 

Imtihon takroriy o‘tkazilganda boshqa to‘lov undirilmaydi.

 

Talabgor apellyatsiya natijalaridan norozi bo‘lsa sudga murojaat qilishi mumkin.

 

Bungacha apellyatsiya berish tartibi mavjud bo‘lmagan.

 

Umuman olganda, keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolik berish tartibi jiddiy soddalashtirildi. Buni raqamlar tahlili ham ko‘rsatadi. Masalan, 1991 yildan 2007 yilga qadar mamlakatimizda jami 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan bo‘lsa, 2007 yildan 2016 yilning dekabr oyiga qadar hech kimga fuqarolik berilmagan.

 

Faqatgina 2016 yildan boshlab fuqarolik berish boshlandi. Shundan buyon 23 mingdan ziyod hamyurtimiz O‘zbekiston fuqarosi, degan yuksak sharafga ega bo‘ldi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"