O'zbekiston

Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan oldi

Hokim bo‘sh o‘rinlarga yoshlar ishga olinishi, hududga "yangi qon" kerakligini aytdi.

Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan oldi

 

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislari vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda 17 avgust kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Xalq deputatlari Qibray tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida maʼlum qildi.

 

Ularning faoliyatiga huquqiy baho berilishi, “toza” chiqsa, keyin ishini davom ettirishi qayd etilgan.

 

Shuningdek, tumandagi (huquq-tartibot idoralaridan tashqari) barcha davlat tashkilotlarining rahbarlari ham lavozimidan ozod qilinishi belgilandi. Ularning faoliyatiga ham bir hafta ichida baho beriladi.

 

Viloyat hokimi tumanda qariyb 20 ming fuqaro migrant sifatida xorijda bo‘lib turganini taʼkidlab, buni «Qibray uchun yarashmaydigan holat» deb atadi.

 

Tumanda olti oy yakuni bo‘yicha sanoat mahsulotlari, o‘tgan yilga solishtirganda, ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmagani, 8 ta korxona o‘z faoliyatini to‘xtatgani aytib o‘tildi.

 

Qayd etilishicha, aholi soniga nisbatan 84 ta sartaroshxona, go‘zallik salonlari singari xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari taqchil. KPI tizimi bo‘yicha tuman mahallalaridagi hokim yordamchilari umumiy 76 ball olgan, bu ko‘rsatkich viloyatda 13-o‘rin hisoblanadi.

 

«Salohiyatli tadbirkorlar Qibrayda oshkoralik, adolat bo‘lishiga ishonmaydi. Eksportyor korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘q. Natijada keyingi 2 yilda tumanda ishlayotgan 7 ta eksportyor korxona boshqa tumanlarga hisob raqamini ko‘chirib olib ketgan. Demak, ular bu yerdagi mutasaddilar bilan ishlashni xohlamagan», — degan viloyat hokimi.

 

U Qibrayda qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida juda ko‘p qonunbuzarlik, boshboshdoqlik borligi va buni tartibga solish vaqti kelganini taʼkidlagan.

 

Shuningdek, viloyatda eng ko‘p umumiy ovqatlanish shoxobchalari Qibrayda ekani, biroq ularning aksariyati rasman ishga olinmagani bandlik dasturlari ijrosiga monelik qilishi tanqid ostiga olingan.

 

Bundan tashqari, tumanda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, shu maqsadda tuman hokimi raisligida maxsus ishchi guruh tuzish kerakligi aytib o‘tilgan.

 

Tumanda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining atigi 8 foizi qayta ishlanishi «og‘riqli masala» deya qayd etildi.

 

 

Viloyat hokimi kadrlar bilan ishlashning «Qibray tajribasi» joriy etilishini bildirdi. «Bo‘shagan o‘rinlarga, tuman tashkilotlariga tanlov asosida yoppasiga yoshlar ishga olinadi. Qibrayga shu tariqa «yangi qon» quyilmasa bo‘lmaydi», — dedi hokim.

 

Hududda 4000 nafar bola uchun bog‘chada joy yo‘qligi, maktabgacha taʼlimga qamrov 67 foiz ekani ko‘rsatilib, bu Qibray uchun «sharmandali holat» deb baholandi. Tumandagi 16 ta mahallada bitta ham bog‘cha yo‘qligi qayd etilgan.

 

«Tumanda murojaatlar bilan ishlash ayanchli, 1697 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan atigi 8 foizi ijobiy hal etilgan, xolos. 28 ta qabul, 128 fuqaro. Yaʼni bitta qabulda o‘rtacha 4 fuqaro qatnashgan. Hokim qabul o‘tkazsa, 4 nafar fuqaro kelibdi. Kim ishonadi bunga? Ko‘zbo‘yamachilik-ku bu?!» — dedi Zoyir Mirzayev.

 

Yig‘ilishda Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Muzaffar Rashidov Qibray tumani hokimiligiga tayinlangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"