O'zbekiston

Prezident soliq tizimidagi korrupsiya holatlaridan xabari borligini taʼkidladi

Endilikda kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qatʼiyan taqiqlanadi. Shuningdek, 2024-yildan boshlab reytingi yuqori korxonalar barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi.

Prezident soliq tizimidagi korrupsiya holatlaridan xabari borligini taʼkidladi

 

Prezident soliq tizimidagi korrupsiya holatlaridan xabari borligini maʼlum qildi.

 

"Murakkab soliq maʼmurchiligi, biznesga ortiqcha aralashish va tizimdagi korrupsiya holatlarining barchasidan xabarim bor", - dedi davlat rahbari.

 

Soliq tizimi tubdan isloh qilinib, soliq idoralari xodimlarining yondashuvlari butunlay o‘zgartirilishi taʼkidlandi. Jumladan, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab reytingi yuqori korxonalar barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi hamda ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha qismi bir kunda qaytarib beriladi.

 

Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini vaqtinchalik to‘xtatib turish amaliyoti bekor qilinadi.

 

Bundan tashqari, prezident hozirda kameral nazorat to‘laqonli soliq tekshiruviga aylanib ketgani va bu korrupsiyaga ham yo‘l ochib berayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Endilikda kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qatʼiyan taqiqlanadi.

 

Shuningdek, alohida ochiq-oshkora platforma yaratilib, soliqchilar ko‘rsatgan xizmatlar sifatiga tadbirkorlarning o‘zi baho beradigan tizim yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, hozirda soliqqa oid bitta huquqbuzarlik uchun tadbirkor sifatida moliyaviy jarima, jismoniy shaxs sifatida maʼmuriy jarima qo‘llanmoqda. Bunday amaliyot bekor qilinishi taʼkidlandi.

 

Tadbirkorlarga qo‘llanayotgan jarimalar ular faoliyatining to‘xtab qolishiga sabab bo‘lmasligi zarurligi qayd etildi. Shu nuqtai-nazardan uch oyda barcha moliyaviy sanksiyalar qayta ko‘rib chiqilib, adolatli meʼyorlar belgilanadi.

 

"Tadbirkorning soliq idoralari bilan bo‘ladigan barcha nizolari maʼmuriy sud vakolatiga o‘tkaziladi. Shuningdek, tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishidagi har qanday cheklovlar olib tashlanadi", — prezident.

 

Maʼlum qilinishicha, soliq bo‘yicha tadbirkorlarga nisbatan daʼvo kiritish muddati hozirgi 5 yildan 3 yilga tushiriladi. Bundan tashqari, soliq yoki kredit qarzini undirish bo‘yicha sud qarori chiqarilganda, penya va foizlar hisoblash to‘xtatiladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"