O'zbekiston

Gulbog‘liklarning yarim asrlik orzusi ushalmoqda

Poytaxtimizning Bektemir tumanidagi Gulbog‘ mahallasiga press-tur tashkil etildi.

Gulbog‘liklarning yarim asrlik orzusi ushalmoqda

 

Poytaxtimizning Bektemir tumanidagi Gulbog‘ mahallasiga taxminan o‘n yillar ilgari borganman. U paytlar mahalla Toshkent viloyati tarkibida edi, shahar bilan tutash bo‘lsa-da, farq katta: eski va taʼmirtalab hovlilar, chang ko‘chalar, umidsizlikka tushgan odamlar, qo‘yingki, qarovsiz joy sifatida xotiramda qolgan.

 

Gulbog‘liklarning aytishicha, salkam yarim asrdan beri mahallada toza ichimlik suvi yo‘q. Biz chekka-chekka hududlarning ham zamonaviy shaharlarga monand qiyofa kasb etayotganiga, toza ichimlik suvi bilan taʼminlanayotganiga, hovliyu ko‘chalar obod, odamlar hayoti ijobiy tomonga o‘zgarayotganiga ko‘nikib borayotgan bir paytda Toshkent shahri tarkibiga kirgan mahalla ahlining hanuz yer osti suvidan foydalanishi chindan achinarli. Mahalla endi-endi obodlikka yuz tuta boshlapti: Gulbog‘da “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 

“Mahallamizda katta o‘zgarishlar bo‘lyapti. Biz yashaydigan Nafosat ko‘chasi asfalt qilindi, elektr simi uchun yangi ustunlar o‘rnatildi. Bizni quvontirgani, toza ichimlik suvining kelishi bo‘ldi. Mahallaga ko‘chib kelganimizga salkam ellik yil bo‘ldi. Shuncha vaqtdan beri yer osti suvidan ichib keldik”, — deydi Xosiyat Orziqulova.

 

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizning 14 ta hududida tanlab olingan mahallalar qatorida Bektemir tumanidagi Gulbog‘ mahallasida ham Respublika ishchi guruhi, Xalq qabulxonalari, sohaviy tashkilotlar vakillari, Toshkent shahri va Bektemir tumani sektor rahbarlari, aʼzolari, mahalladagi “beshlik”dan tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan xonadonbay yurib, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish ishlari boshlandi.

 

Gulbog‘da turli millat vakillari istiqomat qiladi. 1 354 nafar (66%) qozoq, 597 nafar (29%) o‘zbek, 76 nafar (0,03%) koreys, 11 nafar (0,001%) tatar millatiga mansub aholi bor.

 

“Bektemir tumaniga qo‘shilgan yangi mahallalardan biri Gulbog‘ bo‘lib, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 12,9 kilometr quvur tortilishi belgilangan. Buning uchun davlat byudjetidan 8,9 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Bugungi kungacha 12,6 kilometr uzunlikda quvur tortildi. Ishlar avgust oyi so‘nggida yakuniga yetadi, natijada yer osti suvida foydalanib kelgan 500 dan ortiq xonadonga toza ichimlik suvi kirib boradi”, — deydi tuman suv tarmoqlari bo‘limi boshlig‘i Ravshan Jabborov.

 

Ishchi guruh vakillari tomonidan xonadonlar uyma-uy yurib o‘rganildi, natijada fuqarolarning sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, bandlik, subsidiya, kredit, uy-joyni taʼmirlash va boshqa masalalar bo‘yicha muammolari aniqlanib, hal etish choralari ko‘rilmoqda.

 

Mahallada aholi bandligini taʼminlash va oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 22 fuqaro ishga joylashtirildi, 15 fuqaroning o‘zini-o‘zi band qilishi uchun chora-tadbirlar ko‘rildi, 9 fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 3 fuqaroga esa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun subsidiya asosida maishiy texnika olib berildi. 50 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

 

Bundan tashqari, og‘ir turmush sharoitida yashovchi 48 fuqaro xonadonida taʼmirlash ishlari belgilanib, hozirda 24 xonadonda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Gulbog‘liklarning yarim asrlik orzusi ushalmoqda