O'zbekiston

Tibbiyot oliygohi talabalariga yangi stipendiya joriy qilindi

Bu bo‘yicha vazir buyrug‘i qabul qilingan.

Tibbiyot oliygohi talabalariga yangi stipendiya joriy qilindi

 

2023/2024 o‘quv yilidan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida tahsil oluvchi, xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar rag‘batlantirib boriladi.

 

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining 2023 yil 11 avgustdagi tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari hamda Abu Ali bin Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida taʼlim oluvchi, kamida 7,5 ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga (IELTS Academic) hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi S1 xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab, ularning sertifikati amal qilish davrida bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida har oylik stipendiya to‘lab borish tartibi joriy etiladi.

 

Mazkur stipendiya Prezidentning 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666-son qarorining 4-bandida nazarda tutilgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalariga beriladigan to‘lovga qo‘shimcha ravishda beriladi.

 

Buning uchun tibbiyot oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda Abu Ali bin Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari direktorlari tomonidan har chorakda ushbu stipendiyani olishga talabgor bo‘lgan nomzodlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha maʼlumotlar vazirlikning Ilm-fan va taʼlim boshqarmasiga kiritib borishi belgilangan.

 

Maʼlumot o‘rnida, ayni paytda vazirlik tizimidagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining 9 tasida xorijiy tillarni bilish darajasi bo‘yicha belgilangan mezonlarga mos 56 nafar talaba tahsil olmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"