O'zbekiston

"O'zgidromet" hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi

Ushbu hafta davomida harorat foni me’yordan past bo‘ladi. Natijada hafta oxiriga kelib, harorat kechalari 17-20 daraja atrofida bo‘ladi.

"O'zgidromet" hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi

 

"O'zgidromet" ma'lumotlariga ko'ra, bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha salqin ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari 13-16 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja, janubda esa 35 darajagacha bo‘ladi. Qayd etilishicha, bu avgust oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga pastdir.

 

Biroq hafta o‘rtasiga borib salqin havo massasi respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi hamda harorat ko‘tariladi. Natijada hafta oxiriga kelib, kechalari 17-20 daraja, kunduz kunlari 34-37 daraja atrofida bo‘ladi.

 

"Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida bugun kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin", — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, 14-15 avgust kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"