O'zbekiston

O‘zbekistonda tashkilotlarga ishga qabul qilishda tanlov o‘tkazish tartibi belgilandi

Tanlov natijasiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan nomzod tanlov g‘olibi hisoblanadi va u bo‘sh (vakant) ish o‘rni mavjud bo‘lgan taqdirda ishga qabul qilinadi.

O‘zbekistonda tashkilotlarga ishga qabul qilishda tanlov o‘tkazish tartibi belgilandi

 

Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, namunaviy nizomda ishga qabul qilish chog‘ida tanlovni tashkil etish va o‘tkazish hamda nomzodlarning apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi belgilangan.

 

Xususan, ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish uchun tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi tashkil etiladi. Tanlov komissiyasi tarkibi tashkilotning xodimlari va tegishli sohaning malakali mutaxassislari orasidan kamida besh kishidan iborat va toq sonli tarkibda shakllantiriladi.

 

Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov tadbirlari o‘tkazilishidan kamida bir oy oldin tashkilotning rasmiy veb-saytida bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bo‘yicha maʼlumotlar hamda tanlov o‘tkazish joyi va kunlari, tanlov tadbirlarida berilishi mumkin bo‘lgan savollarning namunaviy ro‘yxati joylashtiriladi.

 

Nomzodlar tanlov komissiyasiga namunaviy nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodning arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida unda ko‘rsatilgan maʼlumotlar o‘rganib chiqiladi.

 

Tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan nomzodlarga tanlov tadbirlari boshlanishidan besh kun oldin tanlov tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida tanlov komissiyasi tomonidan xabar beriladi.

 

Nomzodning ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasini aniqlash uchun tanlov komissiyasi tomonidan test, suhbat va amaliy mashg‘ulot sinov tadbirlarining barchasi yoki ulardan biri o‘tkazilishi mumkin. Tanlov tadbirlarini o‘tkazish vaqtida nomzodning natijalari (tanlov natijalari) ballik tizimda baholanadi.

 

Tanlov tadbirlari faqat test sinovlari bo‘yicha o‘tkazilgan taqdirda nomzodning natijalari 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda, test savollari 50 tani va har bir to‘g‘ri javob 2 ballni tashkil qiladi. Tanlov tadbirlari faqat suhbat va amaliy mashg‘ulot shaklida o‘tkazilgan taqdirda nomzodning natijalari 5 ballik tizimda baholanadi.

 

Tanlov natijasiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan nomzod tanlov g‘olibi hisoblanadi va u bo‘sh (vakant) ish o‘rni mavjud bo‘lgan taqdirda ishga qabul qilinadi.

 

Maʼlum qilinishicha, namunaviy nizom talablari ishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish tartibi alohida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"