O'zbekiston

Iyul oyida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxining o‘sish surʼati sekinlashdi

Respublika bo‘yicha iyul oyida ko‘chmas mulkni oldi-sotdi bitimlari soni 5,5 foizga oshib, deyarli 25 mingni tashkil etdi. Shuningdek, ko'rib chiqilayotgan davrda Toshkentda kvartiralarni ijaraga berish narxining pasayishi sezilarli darajada sekinlashdi.

Iyul oyida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxining o‘sish surʼati sekinlashdi

 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotlariga ko‘ra, iyul oyida O‘zbekistondagi ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxining o‘sish surʼati sekinlashdi.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yil iyul oyida ikkilamchi bozorda uy-joylarning 1 kvadrat metr uchun o‘rtacha narxi oyiga 1,8 foizni tashkil etdi (yanvarda-0,9 foiz, fevralda-4,5 foiz, martda-0,2 foiz, aprelda-1,7 foiz, mayda-2,5 foiz, iyunda – 0,8 foiz), 2022 yil iyul oyidan boshlab bu ko‘rsatkich 23,3 foizga o‘sdi.

 

Qayd etilishicha, 2022-yil iyul oyidan boshlab uy-joy narxining sezilarli o‘sishi Namangan shahrida – 35,3 foiz, Toshkent viloyatida – 32,3 foiz va Toshkent shahrida – 30,9 foiz kuzatildi.

 

Toshkentning ikkilamchi bozorida iyul oyida narxlarning o‘sishi oyiga 1,5 foizni tashkil etdi. Narxlarning eng yuqori o‘sishi Shayxontohur – 3,3 foiz, Yakkasaroy – 2,9 foiz foizva Bektemir - 2,6 foiz tumanlarida qayd etildi. Toshkent shahrida uy-joylarning o‘rtacha narxi 2022-yil iyul oyiga nisbatan 30,9 foizga oshdi.

 

Respublika bo‘yicha iyul oyida ko‘chmas mulkni oldi-sotdi bitimlari soni deyarli 25 mingni tashkil etdi, bu bir oy oldingiga nisbatan 5,5 foizga ko‘pdir. Eng katta o‘sish Andijon – 19,5 foiz, Sirdaryo – 16,8 foiz va Jizzax – 16,5 foiz viloyatlarida qayd etildi. O‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan uy-joy savdosi 22,7 foizga oshdi.

 

Eng yuqori o‘sish surʼatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 96 foiz, Buxoro – 48 foiz va Sirdaryo – 35 foiz viloyatlarida qayd etildi.

 

Ko'rib chiqilayotgan davrda Toshkentda kvartiralarni ijaraga berish narxining pasayishi sezilarli darajada sekinlashdi. Agar iyun oyida ijara bozori 2,4 foizga pasaygan bo‘lsa, iyul oyida bu pasayish 0,7 foizni tashkil etdi va 1 kvadrta metr uchun 8,7 foizdan oshmadi.

 

Poytaxtda 1 kvadrat metr uchun uy-joy ijarasining eng yuqori narxlari Mirobod – 11,7 dollar, Yakkasaroy – 10,7 dollar va Shayxontohur tumanlarida - 10,5 dollarni tashkil etdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"