O'zbekiston

Xitoydan Xorazmga 100 ta avtobus olib kelinadi

Ular yil oxirigacha yetkazib beriladi.

Xitoydan Xorazmga 100 ta avtobus olib kelinadi

 

2023 yil yakuniga qadar Xitoydan Xorazmga 100 ta yangi avtobus olib kelinadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

 

Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi «Bunyodyo‘lovchitashish» MCHJ XItoyning  “Zhongtong Bus Holding” zavodi bilan shahar yo‘nalishlari  uchun 100 ta avtobus sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Mazkur shrtnomaga muvofiq, avtobuslar joriy yilning yakuniga qadar Xorazm viloyatiga olib kelinishi rejalashtirilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i R.Babayev tashabbuskor tadbirkorlar bilan birgalikda ayni damda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

 

Xizmat safari davomida “Zhongtong Bus Holding” zavodi faoliyati bilan tanishib, sotib olinadigan avtobuslarni yetkazib berilishi, mazkur avtobuslarga servis xizmati ko‘rsatish va doimiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan zavod vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda “Zhongtong Bus Holding” zavodi va «Bunyodyulovchitashish» MCHJ o‘tasida bir qator kelishuvlarga erishildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Xitoydan Xorazmga 100 ta avtobus olib kelinadi