O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Buxoro davlat tibbiyot institutiga bordi

Prezident u yerda Buxoro shahrini rivojlantirish loyihasi bilan ham tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Buxoro davlat tibbiyot institutiga bordi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosini borib ko‘rdi.

 

Ilgari ushbu taʼlim maskani o‘tgan asrning 50-60-yillarida qurilgan binolarda va tarqoq joylashgan edi. O‘zining klinikasi ham yo‘q edi. Investitsiya dasturi doirasida shahar chekkasida institut uchun yangi majmua qurilib, joriy yil may oyida foydalanishga topshirildi.

 

Majmua 900 o‘rinli o‘quv binosi, 200 o‘rinli klinika, simulyatsiya o‘quv markazi, vivariy, sport zali, 1 ming 200 o‘rinli talabalar yotoqxonalari, oshxonani o‘z ichiga olgan hamda jahon standartlaridagidek yaxlit joylashgan. Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti filiali ham tashkil etilgan.

 

Bugungi kunda institutda davolash, pediatriya, stomatologiya, oliy hamshiralik ishi, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, xalq tabobati, farmatsiya kabi 9 ta yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ularga 568 nafar professor-o‘qituvchilar saboq berayotir.

 

“Bu Yangi O‘zbekistonga munosib oliygoh bo‘ldi. Endi u ilmi bilan xalqimizga xizmat qilishi kerak. Yurtimizda Tibbiyot akademiyasi, ixtisoslashgan ilmiy markazlar, hududlarda institutlar bor. Bu ilmiy salohiyat qanday qilib xalqqa yetib boradi? Buning uchun ularni hududlarga biriktirish, sog‘lom tibbiy-ijtimoiy muhit yaratish kerak. Masʼul mahallasida kasalliklar kamayishiga qarab, mutaxassislarga ustama berish mumkin. Obrazli aytganda, profilaktika nuqtai nazaridan 36 million aholi ustida “soyabon bo‘lish” kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Mahallalarda fitobarlar tashkil qilish, shifobaxsh giyohlar afzalligini targ‘ib etish, Buxoroda farmsanoat klasteri tuzish muhimligi taʼkidlandi.

 

Shu yerda Buxoro shahrini rivojlantirish loyihasi ko‘rib chiqildi.

 

Buxoroning tarixiy qismida turizm infratuzilmasini yaxshilash va sayyohlar uchun sharoitlarni kengaytirish lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, To‘dako‘l suv omborining g‘arbiy hududi Buxoro viloyatiga o‘tkazilib, dam olish turizmi tashkil etish rejalashtirilgan.

 

“Buxoro iqtisodiyotini barqaror qilamiz desak, turizm imkoniyatlarini 10 karra oshirishimiz zarur. Faqat bugunni, bir yilni emas, kelajak 50 yilni o‘ylashimiz kerak. Agar viloyatga 10 million turist kelsa, odamlar xizmatlarni ko‘paytirsa, qancha daromad paydo bo‘ladi”, - dedi davlatimiz rahbari.

 

Shu bilan Buxoro viloyatiga tashrif yakunlandi, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi. 

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"