O'zbekiston

Qarshiliklar ham endi Yandex Go‘dan foydalanadi

Qarshida Yandex Go taksi agregatori ish boshladi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan o‘ninchi shahri hisoblanadi.

Qarshiliklar ham endi Yandex Go‘dan foydalanadi

 

Yandex Go taksi xizmati Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ish boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmat Spot‘ga maʼlum qildi.

 

Xizmat ilovasi orqali unda kerakli manzilni tanlab, shaharning istagan nuqtasiga yetib olish mumkin. Servis foydalanuvchining joylashuvini o‘zi aniqlaydi va tez yetib keladigan haydovchini topadi. Yo‘l haqi narxi 3000 so‘mdan boshlanadi.

 

«Ilovada avtomobilga buyurtma berilgandan so‘ng darhol modeli, avtomobil raqami va kutish vaqti ko‘rsatiladi. Shuningdek, ilova orqali tezda bog‘lanish mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash xizmati mavjud», — deydi Yandex Go‘ning mintaqaviy menejeri Mirzohid Solihov.

 

Yo‘l haqining maksimal narxi foydalanuvchilarga mashinaga buyurtma berish vaqtida maʼlum bo‘ladi — buning uchun ilovaga borish manzilini kiritish kerak.

 

Agar haydovchi yo‘lni taʼmirlash tufayli yo‘nalishdan chetga chiqishi kerak bo‘lsa, narx o‘zgarmaydi. Shuningdek, yo‘l haqini naqd pul va karta orqali to‘lash mumkin.

 

Yandex Go O‘zbekistonda 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan. Xizmat Bungacha to‘qqizta shaharda: Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon, Namangan, Andijon, Samarqand, Qo‘qon, Buxoro va Nukusda ishlayotgandi.

 

Yandex Go‘ning o‘z haydovchilari va mashinalari yo‘q. Xizmat mahalliy tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"