O'zbekiston

O'zbekistonda havo harorati pasayadi

"O'zgidromet" kutilayotgan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

O'zbekistonda havo harorati pasayadi

 

"O'zgidromet" ma'lumotlariga ko'ra, bugun O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan kirib kelgan nisbatan salqin havo tarqala boshlaydi va harorat foni respublika bo‘yicha asta-sekin pasayadi.

 

Qayd etilishicha, dam olish kunlari haroratning asta-sekin pasayishi davom etadi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 30-32 darajadan, janubda 35 darajadan oshmaydi.

 

Dam olish kunlarida respublikaning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Keyingi haftaning o‘rtasida kunduzgi havo harorati 27-30 darajagacha yanada pasayadi. Ayniqsa kechasi va ertalab havoning salqinlashishi sezilarli bo‘ladi, bunda harorat 13-16 darajagacha pasayadi, deyiladi gidrometeorologiya markazi xabarida.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

custom img

Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida davlat avtobusi qantovi yo‘lga qo‘yildi

Qatnovlar hozircha haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.

custom img

Meksika hukumati Ilon Maskni sudga bermoqchi

Bunga milliarderning Meksika prezidentini tanqid qilgani sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyatida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruhlar fosh etildi

So‘nggi 40 kun ichida Zangiota tumanida narkotik moddalar bilan bog‘liq 16 ta jinoyat aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"