O'zbekiston

Farg‘onada “elektroset” xodimi ishxonasida do‘pposlandi

Bunga oilaviy nizo sabab bo‘lgan.

Farg‘onada “elektroset” xodimi ishxonasida do‘pposlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi binosiga bir necha shaxslar bostirib kirib, korxona xodimiga tan jarohati yetkazgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holatni viloyat IIB o‘rganib, rasmiy maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 7 avgust kuni korxonaning kadrlar bo‘limi boshlig‘i U.M. korxona hisobchisi N.X.ga qo‘ng‘iroq qilib, ishga kelmaganligi yuzasidan suhbatlashish jarayonida uning turmush o‘rtog‘i X.N. bilan o‘zaro janjallashib ketgan. X.N turmush o‘rtog‘i hamda 2 nafar tanishlari bilan korxonaga kelib, U.M.ni qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, uning boshqaruvidagi avtomashina oynasini sindirib tashlagan.

 

 

Sud tibbiy ekspertizasining 10.08.2023 yil kungi xulosasida U.M.da yopiq kalla miya jarohati, bosh miya chayqalishi, o‘ng peshona sohasida lat yara, o‘ng ko‘z qovoqlarida qontalash, pastki lab o‘ng tomonida lat yara, chap quloq suprasi orqa yuzasida qontalash, pastki jag‘ o‘ng iyak sohasida qontalashlar aniqlanib, ushbu tan jarohatlari sog‘liqni 6 kundan ko‘p ammo 21 kundan kam bo‘lgan muddatga buzilishiga olib keluvchi yengil shikastlar toifasiga kirishligi ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan X.N.ga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"