Jahon

Bayden Xitoyni “soatli bomba” deb atadi

“Ularda qandaydir muammolar bor”, degan u.

Bayden Xitoyni “soatli bomba” deb atadi

 

AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi iqtisodiy muammolar tufayli Xitoyni “sekin taʼsir qiluvchi bomba” deb atadi.

 

“Ularda qandaydir muammolar bor. Bu yaxshi emas, chunki yomon odamlar muammoga duch kelganda, ular yomon ishlarni qilishadi”, - deydi Bayden.

 

AQSH prezidenti “Xitoy muammoga duch kelganini” qayd etib, Xitoyga zarar yetkazishni istamasligini va bu davlat bilan oqilona munosabatlarga intilayotganini qo‘shimcha qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Bayden iyun oyida Xitoy rahbari Si Szinpinni diktator deb atagan edi. Keyin Xitoy bu so‘zlarni provokatsiya deb izohlagan.

 

OAVning yozishicha, Xitoyning isteʼmol sektori deflyatsiyaga tushib qolgan, iyul oyida esa sotish narxlari pasayishda davom etgan. Xitoy boshqa mamlakatlardagi inflyatsiyadan farqli o‘laroq, isteʼmol narxlari va ish haqining turg‘unlashuvi bilan iqtisodiy o‘sishning sekinroq davriga kirishi mumkin.

 

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"