O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Kogondagi “Siyovush tekstil” korxonasiga bordi

Bu yerda 36 mln dollarlik yangi loyiha ishga tushgan.

Shavkat Mirziyoyev Kogondagi “Siyovush tekstil” korxonasiga bordi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Siyovush tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Bu joy ilgari unumsiz, bo‘sh turgan maydon edi. Tadbirkorlarga sharoit yaratish maqsadida hudud “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasiga kiritilib, zarur infratuzilma tortilgach, bu yerda sanoat vujudga keldi.

 

Xususan, “Siyovush tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 36 million dollarlik loyihasi o‘tgan oyda ishga tushdi. Unda yiliga 40 ming tonna akril ip-kalava yigirish quvvati va 600 ta ish o‘rni yaratildi.

 

“Bu Yangi O‘zbekistondagi yangi yo‘nalish. Yurtimizda to‘qimachilik sanoati rivojlanyapti. Agar korxonalar qo‘shilgan qiymat yaratib, daromadini oshiraman desa, qisman akril ishlatishiga to‘g‘ri keladi. Undan tayyorlangan mahsulot qiymati 5 barobar oshadi. Bu - manfaatdorlik, barqarorlik, odamlarga ish o‘rni, degani. Shuning uchun davlat paxtani qayta ishlashga qancha ko‘makdosh bo‘lgan bo‘lsa, endi sunʼiy tola ishlab chiqarishga ham shunday yordam beradi” — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Hozirgi korxona loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, ayni paytda xorijlik hamkorlar bilan korxona faoliyatini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra, keyingi bosqichda akril tola hamda undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish to‘liq mahalliylashtiriladi. Jami ish o‘rni soni 1 ming 200 taga yetadi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"