O'zbekiston

1 milliard 650 million so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti buyurtmasi asosida quyosh fotoelektr stansiyasini xarid qilish va o‘rnatish yuzasidan 1 milliard 650 million so‘mlik davlat xaridi o‘tkazilgan.

1 milliard 650 million so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

 

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti buyurtmachiligida 2023 yil 4 iyul kuni quyosh fotoelektr stansiyasini xarid qilish va o‘rnatish yuzasidan1 milliard 650 million so‘mlik davlat xaridi o‘tkazilgan.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan olib borilgan o‘rganishda mazkur davlat xaridida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 32-moddasi (baholash mezonlari va tartib-taomillariga taalluqli qoidalar), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi va boshqa qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

 

Xususan, ushbu xaridda ishtirokchilarning takliflari xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan baholash mezonlari va tartib-taomillariga zid ravishda baholangan.

 

Mazkur holatlar bo‘yicha 2023 yil 21 iyul kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

 

Agentlikning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tomonidan 24 iyul kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"