O'zbekiston

Xorazmda barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari planshetlar bilan taʼminlanishi mumkin

Shuningdek, davlat maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga ko‘p yillik xizmat qilganligi uchun pedagogik stajiga qarab 30 foizgacha miqdorda ustama to‘lab borilishi mumkin.

Xorazmda barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari planshetlar bilan taʼminlanishi mumkin

 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Prezidentning "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi joylashtirildi.

 

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Xorazm viloyatida eksperiment tariqasida, kelgusida esa, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan bosqichma-bosqich taʼminlanishi mumkin.

 

Shuningdek:

 

  • davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yilishi;

  • umumiy o‘rta taʼlim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarinikini esa, 20 soatdan 18 soatga qisqartirilishi;

  • davlat maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga ko‘p yillik xizmat qilganligi uchun pedagogik stajiga qarab 30 foizgacha miqdorda ustama to‘lab borilishi mumkin.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"