O'zbekiston

O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatishda majburlov yo'qligi ma'lum qilindi

Energetika vazirligi quyosh panellarini davlat tashkilotlariga, kasalxona va maktablarga, xususiy binolarga o‘rnatish monopoliyaga aylanib qolganini rad etdi.

O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatishda majburlov yo'qligi ma'lum qilindi

 

Ijtimoiy tarmoqda quyosh panellarini davlat tashkilotlariga, kasalxona va maktablarga, xususiy binolarga o‘rnatish monopoliyaga aylanib qolgani haqida tanqidiy maqola chop etildi. Energetika ushbu xabarga munosabat bildirdi.

 

Vazirlik xabarida aytilishicha, maqolada bildirilgan voqealar anonim shaxslar nomidan bayon etilgan bo‘lib, faktlar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 

"Bugungi kunda yurtimizda kichik quvvatli quyosh fotoelektr tizimlarini o‘rnatish davlat tomonidan emas, tadbirkorlik subyektlari (xususiy korxonalar) tarafidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda respublikamizda quyosh fotoelektr tizimlarini va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish hamda ularga servis xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi 100 dan ziyod tadbirkorlik subyektlari mavjud", — deyiladi vazirlik xabarida.

 

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistondagi kichik quvvatli quyosh fotoelektr tizimlari qaysidir katta kompaniyalar bilan bog‘lanmagan, biri-biridan mustaqil, raqobatga kirishgan holda faoliyat yuritadi.

 

Unga ko'ra, xorijdan quyosh fotoelektr tizimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish, mamlakat hududiga olib kirish, xaridorlarga yetkazib hamda o‘rnatib berish, shuningdek, ularga servis xizmatlari ko‘rsatishda ham hech bir tadbirkorlik subyektiga cheklov qo‘yilmagan.

 

"Aholi vakillari, tadbirkorlar o‘zlari istagan tadbirkorlik subyekti bilan shartnoma imzolab, o‘z hududiga quyosh fotoelektr tizimlarini o‘rnatishi mumkin. Bunda hech qanday majburlashlarga va xarid qilishda qiyinchiliklar tug‘diradigan (qimmat narx, foizlarni oshirish kabi) holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi", — deyiladi vazirlik munosabatida.

 

Ta’kidlanishicha, 2023-yil boshida 1 kVt quvvatga teng quyosh panelini o‘rnatish narxi 11,5 million so‘mga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu raqam bugungi kunda 8,5 million so‘mdan iborat bo‘lyapti.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"