Jahon

Faqat men uchinchi jahon urushining oldini olaman—Tramp

Sobiq AQSH prezidenti Ukrainadagi mojaroni bir kunda hal qilishini aytdi.

Faqat men uchinchi jahon urushining oldini olaman—Tramp

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp faqat u Amerika maʼmuriyati rahbari sifatida uchinchi jahon urushining oldini olishi mumkinligini aytdi.

 

“Men uchinchi jahon urushining oldini olaman”, dedi u Janubiy Karolinada AQSH Respublikachilar partiyasining tadbirida.

 

Tramp kelasi yilning noyabr prezident lavozimga saylansa, Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qila olishini taʼkidladi.

 

“Biz darhol kelishuvga erishamiz va buni u yoki bu tomon uchun emas, balki adolat uchun qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

 

Avvalroq Tramp AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden Ukrainaga nisbatan siyosati bilan insoniyatni uchinchi jahon urushi sari boshlayotganini bir necha bor taʼkidlagan edi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"