O'zbekiston

Yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanmoqda

Ro‘yxatdan yovvoyi hayvonlarning 66 dan ortiq turlari joy oldi.

Yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanmoqda

 

O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanadi. Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senatining 43 yalpi majlisida maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilik hujjatlarida fuqarolar tomonidan yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni uy sharoitida saqlash masalasi huquqiy tartibga solinmagan.

 

Senatorlar “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasiga (yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy ravishda yaratilgan yashash joylarida yoki tutqunlikda saqlash) kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni maʼqullashdi.

 

Mazkur o‘zgartirish jismoniy shaxslar tomonidan saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxatini, shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan ushbu hayvonlarni saqlash tartibini belgilaydi.

 

“Ro‘yxatga yovvoyi hayvonlarning 66 dan ortiq turlari, jumladan, hasharotlar, baliqlar, zaharli ilonlar, ayiqlar oilasining barcha kenja turlari, yo‘lbarslar, timsohlar, lochinlar, yovvoyi mushuklar, bo‘rilar, shoqollar, tulkilar, orangutanlar, shimpanzelar va boshqa ko‘plab hayvonlar kiradi”, deya xabar berdi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

 

Qonun bilan yovvoyi hayvonlarni saqlashni tartibga solish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxati, shuningdek ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibini belgilash Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklatilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, 2022 yilda yovvoyi hayvonlarning odamlarga hujumi bilan bog‘liq 2 ta holat qayd etilgan. Xususan, 2022 yilning 7 aprel kuni Toshkent viloyatida sher bolasi 3 yoshli bolaga hujum qilib, og‘ir jarohat yetkazgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"