O'zbekiston

Agrosubsidiya olish tartibi belgilandi

Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.

Agrosubsidiya olish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori bilan agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko‘ra, agrosubsidiya agrar va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratiladi. Buning uchun agrosubsidiya ajratishni tartibga soluvchi ishchi guruhga ariza bilan murojaat qilinadi.

 

Ishchi guruh arizaga muvofiq agrosubsidiyaning tegishli turi bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlarni (mahsulotlarni) joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqadi hamda agrosubsidiyani ajratish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi xulosani vakolatli davlat organiga taqdim etadi.

 

Vakolatli davlat organi ishchi guruh xulosasini o‘rganib chiqib, xulosa kelib tushgandan boshlab 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi subyektga subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi to‘g‘risida javob xati yuboradi.

 

Shundan so‘ng vakolatli davlat organlari tomonidan 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi subyektga subsidiya ajratish bo‘yicha to‘lov hujjatlari g‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga jo‘natiladi.

 

Shunga ko‘ra, g‘aznachilik xizmati qo‘mitasi to‘lov hujjatlarini olgach 1 ish kunida tegishli subsidiya summasini agrosubsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"