O'zbekiston

Qozog'iston O'zbekiston orqali Afg'onistonga yuk tashishni to'xtatmoqchi

Yuqori narxlar sababli Qozog‘iston Afg‘onistonga yuk tranzitini O‘zbekiston o‘rniga Turkmaniston orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Avvalroq mamlakat rasmiylari O‘zbekistondan Afg‘onistonga yuk tashish uchun imtiyoz berishni so‘ragandi.

Qozog'iston O'zbekiston orqali Afg'onistonga yuk tashishni to'xtatmoqchi

 

Oʻzbekistonning Gʻalaba stansiyasi orqali Afgʻonistonga don va un yetkazib berish qimmatga tushishi sababli Qozogʻiston yoʻnalishni Turkmaniston orqali Turgʻundi chorrahasidan oʻtuvchi yoʻlga almashtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda "KazTAG" nashri Qozogʻiston Savdo va integratsiya vazirligiga tayanib.

 

“Bugungi kunda Gʻalaba bekati orqali Afgʻonistonga don va unni Oʻzbekiston hududi orqali olib oʻtishda temir yoʻl tarifiga 20 foizlik chegirma amal qiladi. Shu bilan birga, joriy chegirma hisobga olinsa, Qozog‘iston don yuklarini O‘zbekiston hududi orqali Afg‘oniston va Tojikiston yo‘nalishi bo‘yicha tashish tariflari ancha yuqori”, — deyiladi xabarda.

 

Xabarda keltirilishicha, Afgʻonistonga eksport hajmini oshirish uchun “Kazakhstan temir yoʻli” AJ Turkmaniston hududi orqali Turkmaniston-Afgʻon Turgʻundi oʻtish joyi orqali tranzit tarifiga 10 foiz miqdorida qoʻshimcha chegirmalar berish masalasini ishlab chiqqan.

 

Avvalroq Qozog‘iston O‘zbekistondan Afg‘onistonga yuk tashish uchun imtiyoz berishni so‘ragani haqida xabar berilgandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"