O'zbekiston

Dam olish kunlari havo harorati pasayadi

"O'zgidromet" dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Dam olish kunlari havo harorati pasayadi

 

"O'zgidromet" ma'lumotlariga ko'ra, bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 35-38 daraja atrofida, ba’zi joylarda 40 darajagacha, janubda ba’zi joylarda 42 darajagacha bo‘ladi.

 

Respublikaning katta qismida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 5-avgust kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

 

Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 5-avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, havo harorati 32-37 darajagacha pasayadi.

 

"Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechasi esa Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin", — deyiladi xabarda.

 

Ta'kidlanishicha, 6-avgust kuni nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Kunduzgi harorat barcha joylarda 30-35 darajagacha, janubda esa 35-38 darajagacha pasayadi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"