O'zbekiston

Namanganda 15 nafar bola tortdan zaharlandi

Holat oilaviy bolalar bog‘chasida yuz bergan.

Namanganda 15 nafar bola tortdan zaharlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi bog‘chada 15 nafar bola tortdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

Joriy yilning 25 iyul kuni Uychi tumanidagi “Gulshan” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 15 nafar tarbiyalanuvchisi sifati tez buziluvchi mahsulotni isteʼmol qilishi oqibatida  oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi, ovqat toksikoinfeksiyasida gumonlanib, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga yotqizilgan. O‘rganish natijasida muassasa tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tomonidan farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan sifatsiz tort shirinligi olib kelinganligi va u tarbiyachi tomonidan o‘zboshimchalik bilan  bolalarga berilgani aniqlangan.

 

Shifoxonada bolalarga darhol barcha zarur muolajalar ko‘rsatilib, o‘sha kunning o‘zida — ikki soatdan so‘ng 13 nafarining holati yaxshilanganligi sababli uylariga ketishi uchun shifokorlar ruxsat etgan. 2 nafar bolaga esa butunlay sog‘ayganidan keyin, 26 iyul kuni javob berilgan. Hozirda bolalarning hammasi o‘zini sog‘lom his qilib, “Gulshan” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qaytarilgan.

 

“Tuman  maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli barcha davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari masʼullariga taʼlim muassasalariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida eʼtibor qaratish bo‘yicha ogohlantirilgani  va tushuntirish ishlari to‘liq olib borilganligi bildiriladi”, — deyiladi munosabatda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"