O'zbekiston

Yozda ham o‘sha ahvol: O‘zbekistonda “svet” o‘chishining sababi aytildi

Shuningdek, vazirlik isteʼmolchilarga murojaat bilan chiqdi.

Yozda ham o‘sha ahvol: O‘zbekistonda “svet” o‘chishining sababi aytildi

 

O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasida murakkab vaziyat yuzaga kelgani sababli deyarli barcha hududlarda kunning maʼlum vaqtida elektr energiyasini uzishga majbur bo‘linmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Jumladan, iyun oyida jami 34,8 mln kVt·soat majburiy cheklov kiritilgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich iyul oyining o‘tgan 31 kuni mobaynida 175 mln kVt·soatni tashkil qildi. Yoz fasliga o‘tilganidan beri jami 210 mln kVt·soat majburiy cheklov qo‘llanilgan (oyiga 400 kVt·soat isteʼmol ko‘rsatkichini olsak, bu 525 ming abonentning oylik isteʼmoli degani).

 

Toshkentda 542 ta transformator podstansiyasi va 592,36 kilometr elektr uzatish tarmoqlari mukammal, 923 ta transformator hamda 702,3 kilometr havo tarmog‘i joriy taʼmirlandi. Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash dasturiga muvofiq, 930,6 km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 228 ta transformator punktlari yangilandi.

 

“Sag‘bon”, “Yunusobod”, “Qo‘qon”, “Karvon”, “Qorasuv”, “Yalang‘och”, “Tuzel” va “Sergeli-35” podstansiyalaridagi 9 ta kichik quvvatli transformator katta quvvatlisiga almashtirildi.

 

Ayni paytda ham Yunusobod city, Tashkent city, “Olmos”, «Yangi O‘zbekiston» hamda “Yangihayot” industrial zonalari uchun podstansiyalar qurish hamda ularni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun yangi elektr uzatish tarmoqlarini bunyod qilish ishlari pudratchi tashkilotlar tomonidan davom etmoqda.

 

Bu ishlarni xavfsiz bajarish va elektr montyorlarning sog‘lig‘i hamda hayotiga tug‘ilishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldini olish maqsadida kunning maʼlum vaqtlarida tegishli hududlardagi isteʼmolchilar elektr taʼminotidan vaqtincha uzib qo‘yilmoqda, deya qayd etdi vazirlik.

 

Iyul oyida esa, asosan, respublikada ob-havoning haddan tashqari isib ketgani elektr energetikasini uzluksiz hamda yo‘qotishlarsiz yetkazib berishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.

 

«Mazkur holat birgina O‘zbekistonga xos emas. Bugun dunyoning qariyb barcha burchagida anomal issiq harorat hukm surmoqda. Oxirgi haftalarda, ayniqsa, O‘rta Yer dengizi mintaqasida, Amerika Qo‘shma Shtatlari janubida va Xitoyning ayrim hududlarida jazirama kuzatildi. Gretsiya hamda Jazoirdagi 40 daraja issiq o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

 

Energetika vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, kuchli issiq harorat esa sovitish maqsadida elektr energiyasidan fodalanishning karrasiga oshishiga olib kelmoqda. Natijada kabellar kuyib ketyapti, transformatorlar ishdan chiqmoqda. Avariya oqibatlarini bartaraf etish esa ham katta mablag‘, ham ko‘p vaqt yo‘qotilishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Avariya yuz bermasligi uchun esa bir nechta fiderlarni tarmoqdan majburiy o‘chirib qo‘yib, qator xonadonlar, byudjet tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini vaqtincha uzib turish — eng maqbul chora.

 

«Bu kutilmagan avariyaviy holatlarning oldini olishga hamda mablag‘ va vaqt tejalishiga xizmat qiladi. Oddiy aytganda, qaysidir hududni quyosh tig‘ida tashqaridan, ortiqcha yuklama tufayli esa ichidan qizib ketgan kabelni sovitish maqsadida ikki-uch soatga tarmoqdan uzib turish keyinchalik kabel va transformatorning yonib ketishi hamda isteʼmolchilar 10−12 soatlab elektr energiyasiz qolishlaridan ko‘ra afzalroq yechimdir», — deya qayd etdi vazirlik.

 

«To‘g‘ri, isteʼmolchi hamisha haq. Qolaversa, siz, azizlarni uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash — bizning burchimiz», — deya taʼkidladi vazirlik. Bu borada tizim tashkilotlari tomonidan juda katta ishlar qilinyapti. Xususan, oxirgi paytlarda kunlik ishlab chiqarish o‘rtacha 107,8 foizni, oylik ishlab chiqarish o‘rtacha 106,2 foizni, yillik ko‘rsatkich esa 101,8 foizni tashkil qilyapti.

 

Bundan tashqari, bir qator yangi ishlab chiqarish quvvatlari — Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik stansiyasining 500 kV kuchlanishli 2 ta elektr uzatish tarmog‘i, Bo‘stonliq tumanida quvvati 200 kVt bo‘lgan “Ispaysoy” mikroGESi hamda Yashnobod tumanida 30 mingdan ziyod xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan yangi “Olmos” podstansiyasi ishga tushirildi.

 

Shu bilan birga, isteʼmol hajmi ham yuqori bo‘lmoqda. Masalan, bugungi kunda o‘rtacha isteʼmol kuniga 11,2 ming MVtga teng bo‘lmoqda. «Hatto kunning ayrim paytlarida, asosan, issiq harorat zabtiga olgan chog‘da elektr energiyasi sarfi ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmiga teng, baʼzan talab undan ham ortib ketayotir», — deyiladi xabarda.

 

Iyulda sutkalik isteʼmolda ikki marta rekord ko‘rsatkich qayd etilgan. Xususan, 12 iyul kuni respublika bo‘yicha jami isteʼmol 247,5 mln kVt·soatni tashkil qilgan bo‘lsa, 26 iyul kuni 250,7 mln kVt·soatga yetib, sutkalik rekord yana bir karra yangilandi.

 

Yozda ham o‘sha ahvol: O‘zbekistonda elektr tanqisligiga asl sabab nima?

Vazirlik murojaat bilan chiqdi.

— deya taʼkidladi vazirlik.

 

Energetika vazirligi aholidan tizim tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan majburiy choralarni to‘g‘ri tushunish hamda qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"