O'zbekiston

To'ra Bobolov yangi lavozimga tayinlandi

Surxondaryoning sobiq hokimi To‘ra Bobolov Toshkent viloyatidagi tumanlarning biriga hokim bo‘ldi.

To'ra Bobolov yangi lavozimga tayinlandi

 

 

Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi To‘ra Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumaniga hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Yangi O‘zbekiston nashri xabar bermoqda.

 

Bobolov tayinlovga qadar Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

 

Maʼlumot uchun, To‘ra Bobolov 2023-yilning fevral oyida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgandi. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"