O'zbekiston

Buxoroda 23 ta do‘kon yonib ketdi

FVV Buxoro shahridagi tunda bo‘lgan yong‘in tafsilotlari haqida maʼlumot berdi.

Buxoroda 23 ta do‘kon yonib ketdi

 

Bugun, yaʼni 1 avgust kuni soat 02:05 da viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga viloyat Milliy gvardiya xodimlari Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan 2 qavatli savdo do‘konlari (Xalq tilida eski PMK savdo majmuasi)da yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar bergan.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea joyiga viloyat garnizonidan 11 ta  yong‘in-qutqaruv ekipajlari hamda 7 ta hamkorlikdagi xizmatlarning texnikalari jalb etildi. Yong‘in joyiga soat 02:07 da yetib borib, savdo do‘konlarining taxminan 700m2 maydonga tarqalib yonayotganligi to‘g‘risida maʼlumot olingan va soat 03:11 da batamom o‘chirilgan.

 

Yong‘in oqibatida Ibn-Sino ko‘chasi yo‘li yoqasida joylashgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli 2 qavatli 15 ta do‘konning  ichki tovar mahsulotlari va shift qismi yongan bo‘lib, xuddi shu manzilda bo‘lgan Buxoro markaziy dehqon bozori AJga qarashli 1 qavatli savdo pavilonidagi 8 ta savdo do‘koni (jami 23 ta savdo do‘koni) ichida bo‘lgan tovar moddiy boyliklari va do‘kon jihozlari yonib zarar ko‘rgan. Yong‘indan bozor tasarrufidagi pavilon va savdo do‘konlarining 10.000 m2 maydoni saqlab qolindi.

 

Yong‘in natijasida insonlarning halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. 

 

Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan viloyat IIB va FVB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida yong‘in-texnik ekspertizasi tayinlangan.

 

Voqea joyiga viloyat sektor rahbarlari, FVB, Milliy gvardiya boshqarma boshliqlari va boshqa masʼul rahbarlar jalb etilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"