O'zbekiston

O‘zbekiston Xitoy bilan haydovchisiz harakatlanadigan transport vositalari sohasida hamkorlik qiladi

Toshkent jamoat tarnsportida innovatsion videokuzatuv tizimlari va sunʼiy intellekt texnologiyasi joriy qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Xitoy bilan haydovchisiz harakatlanadigan transport vositalari sohasida hamkorlik qiladi

 

Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ vakillaridan iborat delegatsiya19-26 iyul kunlari Xitoyda xizmat safarida bo‘ldi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, safar davomida “Yutong Bus Co., Ltd”, “King Long”, "Magnetic North", “Hikvision” kompaniyalariga tashrif amalga oshirilgan hamda bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilgan.

 

Xususan, “Yutong Bus Co., Ltd” kompaniyasi bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida uch tomonlama memorandum imzolandi. Shu bilan birga, tomonlar haydovchisiz harakatlanadigan avtonom transport vositalari sohasida o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi. 

 

Shuningdek, “Hikvision” kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, innovatsion videokuzatuv tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyasiga asoslangan integratsiyalashgan xavfsizlik yechimlarini taqdim etish bo‘yicha “Toshshahartransxizmat” AJ bilan ikki tomonlama memorandum imzolandi.

 

Bundan tashqari, "Magnetic North" kompaniyasi bilan aqlli transport tizimini yo‘lga qo‘yish masalalarida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. Xususan, kompaniya bilan O‘zbekistonning intellektual transporti bo‘yicha to‘liq yechimlarni taqdim etish, jumladan, ishlab chiqish, loyihalash, o‘rnatish, ishga tushirish, o‘qitish, texnik xizmat ko‘rsatish va takomillashtirish bo‘yicha ikki tomonlama memorandum imzolandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"