O'zbekiston

Misrda "O‘tkan kunlar" romani arab tiliga tarjima qilinmoqda

Asar tarjimasi mintaqadagi eng yirik va nufuzli 55-Qohira xalqaro kitob yarmarkasida taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Misrda "O‘tkan kunlar" romani arab tiliga tarjima qilinmoqda

 

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan maʼlum qilinishicha, joriy yil iyun oyida prezident saylovini bevosita kuzatgan Muhammad al-Jibali Toshkentda bo‘lgani chog‘ida Abdulla Qodiriy uy muzeyida bo‘lib, yozuvchining nabiralari bilan uchrashgan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida suhbatlar o‘tkazgan, o‘zbek madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishgan.

 

Muhammad al-Jibalining aytishicha, nihoyatda boy adabiy merosga ega o‘zbek adabiyoti durdonalari xorijiy tillarga tarjima qilinmagani uni ajablantirgan. Professor “O‘tkan kunlar” romanining arab tiliga tarjima qilinishi, nafaqat Misr, balki butun arab dunyosida iliq kutib olinishiga ishonch bildirdi. 

 

Mutaxassisning ishonch bilan qayd etishicha, arab tilining sinonimlarga nihoyatda boyligi, har bir harakat va holatni turli usullarda tasvirlash xususiyati, xalqlarning madaniy-maʼnaviy jihatdan yaqinligi romanning ushbu tarjimasi boshqa xorijiy tillardagi tarjimalaridan sezilarli darajada sifatli bo‘lishiga va badiiy go‘zallikni saqlab qolishga imkon beradi.

 

Romandagi o‘zbekona ruhni aks ettirish, tarjima sifatini oshirish maqsadida tarjima muallifiga mamlakatning Misrdagi elchixonasi madaniy masalalar bo‘yicha attashesi Otabek Alimov hozirgi paytda Qohirada istiqomat qilayotgan Husan Abdumajidov, taqdir taqozosi bilan bolalik chog‘laridan buyon Saudiya Arabistonida yashab tahsil olgan vatandosh, yozuvchi va tarjimon Said Mahmud Kosoniy va boshqa hamyurtlar ko‘maklashmoqda. Asardagi baʼzi arab imlosida (eski o‘zbek yozuvi) bitilgan atamalarni asl holida saqlab qolish uchun romanning ilk nusxasi Abdulla Qodiriyning nabiralari tomonidan taqdim etildi.

 

“O‘tkan kunlar”ning arab tiliga tarjimasi romanning 100 yilligi arafasida 2024-yili tayyor bo‘lishi va mintaqadagi eng yirik va nufuzli 55-Qohira xalqaro kitob yarmarkasida taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"