O'zbekiston

Buxoro va Surxondaryoda minglab daraxtlar kesilishini ko‘zda tutuvchi loyiha o‘zgartiriladi

Ma’lum bo‘lishicha, 51 ming tupga yaqin ko‘p yillik manzarali daraxtlar loyiha doirasida ko‘chirib o‘tkazish va kesishga tushgan.

Buxoro va Surxondaryoda minglab daraxtlar kesilishini ko‘zda tutuvchi loyiha o‘zgartiriladi

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida qurilish ishlari munosabati bilan ko‘p sonli daraxt va butalarning kesilayotgani haqida xabar tarqalgandi.

 

Ekologik partiya markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari, olim va mutaxassilardan iborat ishchi guruh Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida daraxt kesilishi bilan bog‘liq holatni o‘rganish bo‘yicha hududga bordi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyati xududida 21,8 mingta, Buxoro viloyati hududida 28,9 mingta, qariyib 51 ming tupga yaqin ko‘p yillik manzarali daraxtlar loyiha doirasida ko‘chirib o‘tkazish va kesishga tushgan.

 

Qayd etilishicha, ishchi guruh tomonidan O'zbekistondagi bugungi ekologik holat inobatga olinib hamda jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan ushbu loyihani soha mutahassislari ishtirokida o‘zgartirish va daraxtlarga zarar yetkazmaslik bo‘yicha mazkur avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilayotgan pudratchi tashkilot mutasaddilari takliflar berilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"