O'zbekiston

Prezident Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotladi

Orden va medallar bilan taqdirlanganlar ro‘yxati eʼlon qilindi

Prezident Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotladi

 

Shavkat Mirziyoyev 29-iyul kuni "Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. 

 

Qayd etilishicha, farmon bilan O‘zbekistonda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar, urf-odat va anʼanalarni saqlash hamda rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlar va madaniy-maʼrifiy aloqalarni yana-da kengaytirish, Yangi O‘zbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlangan.

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

 

  • Allaberganov Bekman - Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

  • Altunina Larisa Mixaylovna - O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Olmaliq shahar bo‘limi raisi, Toshkent viloyati;

  • Bayjanov Yaxshibay Abadovich - “Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi” unitar korxonasining turbina sexi elektrogaz payvandchisi, Xorazm viloyati;

  • Balayeva Sevil Alislam kizi - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo‘limi raisi;

  • Dovgun Oksana Ivanovna - “Slavutich” Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari;

  • Duras Eleni Anastasios - Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati boshqaruv kengashi aʼzosi;

  • Yembergenova Gulnara Sabirbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Orol oltin merosi» jamoat birlashmasi rahbari;

  • Isxakov Abram Borisovich - Buxoro yahudiylari jamiyati raisi, Buxoro viloyati;

  • Kapadze Taxir Vasilyevich - Farg‘ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi;

  • Karipova Raliya Talgatovna - Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi aʼzosi;

  • Kravchenya Gennadiy Nikolayevich - Termiz shahridagi “Geniy-Termiz” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Surxondaryo viloyati;

  • Markaryan Garik Muradovich - Samarqand shahar “Luys” arman milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi aʼzosi;

  • Maxkamova Riskiniso Zoidovna - Chust tumanidagi «Andalus agro dunyo» fermer xo‘jaligi pillachisi, Namangan viloyati;

  • Maxmudov Erkin Kasimovich - O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari;

  • Nazarova Bozor - Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo‘limi aʼzosi;

  • Olloberdiyev Muqumboy Mavlonovich - Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi aʼzosi;

  • Razmadze Vladimir Georgiyevich - “Megobroba” Toshkent shahar gruzin madaniyat markazi boshqaruv kengashi aʼzosi;

  • Smesova Yekaterina Aleksandrovna - O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari;

  • Topchiyev Jamolidin Sotiboldiyevich - Xonobod shahridagi “Xidirsha” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati;

  • Fazilova Klara Bayburiyevna - O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi;

  • Xan Margarita Lyurevna - O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining “Koryo” ansambli badiiy rahbari.

 

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

 

  • Kogay Marina Aleksandrovna - O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi raisi

 

“Shuhrat” medali bilan

 

  • Daukayeva Ilvira Gamirovna  - Bektemir tumanidagi 30-bolalar musiqa va sanʼat maktabining aktyorlik mahorati bo‘yicha o‘qituvchisi, Toshkent shahri;

  • Lopatin Sergey Mixaylovich - «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» masʼuliyati cheklangan jamiyatining asosiy ishlab chiqarish sexi mexanigi, Buxoro viloyati;

  • Xutova Kulina Mudalifovna - Zafarobod tumanidagi “Chimqo‘rg‘on” qishloq fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati;

  • Ergasheva Maxbuba Xotambekovna - Samarqand davlat universitetining falsafa va milliy g‘oya kafedrasi dotsenti, Samarqand viloyati.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"