O'zbekiston

Zangiotada elektrovoz va yuk mashinasi to‘qnashdi

Hodisa yuzasidan Toshkent viloyati YHXB maʼlumot berdi.

Zangiotada elektrovoz va yuk mashinasi to‘qnashdi

 

Toshkent viloyati Zangiota tumanida elektrovoz va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, holat 27-iyul kuni soat taxminan 14:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4K 713 avtomobil yo‘lining 3-kilometridan kesib o‘tgan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan.

 

1987-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Howo yuk avtomobilida temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida harakatlanib kelayotgan O‘zbekiston Lokomativ deposiga qarashli bo‘lgan VL60k rusumli elektrovoz (vagonlar ulanmagan) bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

 

Ushbu to‘qnashuv natijasida transport vositalari texnik shikastlangan. Fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"