O'zbekiston

Toshkent tibbiyot akademiyasida "Sport shifokori" va "Sport diyetologiyasi" magistratura mutaxassisliklari tashkil etiladi

Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi tibbiyot fakulteti Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filialiga aylantiriladi

Toshkent tibbiyot akademiyasida "Sport shifokori" va "Sport diyetologiyasi" magistratura mutaxassisliklari tashkil etiladi

 

Prezidentning "Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida "Sport shifokori" va "Sport diyetologiyasi (ovqatlanish ilmi)" bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari joriy etiladi.

 

Shuningdek, Toshkent farmatsevtika institutida "Eksperimental va sport farmakologiyasi" magistratura mutaxassisligi bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari ikki baravarga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida tashkil etilgan tibbiyot fakultetini ("Davolash ishi" taʼlim yo‘nalishi) yana-da kengaytirish orqali uni Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali (keyingi o‘rinlarda – Filial) ga aylantiriladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"