O'zbekiston

Prezident Farg‘onadagi "Yangi O‘zbekiston" massivi qurilishi bilan tanishdi

Bugungi kunda 300 gektarli maydonda jadal qurilish ketmoqda

Prezident Farg‘onadagi "Yangi O‘zbekiston" massivi qurilishi bilan tanishdi

 

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivining qurilish ishlari bilan tanishdi.

 

 

Prezident matbuot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda 300 gektarli ulkan maydonda jadal qurilish ketmoqda. Bu yerda 65 mingdan ziyod aholiga mo‘ljallangan 298 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi.

 

"Aholi zich yashaydigan shahar va viloyat uchun bu muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu yil massivda 73 ta uy barpo etilmoqda. Ularning dastlabkilari foydalanishga topshirilib bo‘ldi", — deyiladi xabarda.

 

Mazkur hududda maktablar, maktabgacha taʼlim va tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, sport majmuasi bo‘ladi.

 

"50 gektarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonasi aholini ish bilan taʼminlashda muhim o‘rin tutadi. Massiv o‘ziga xos ekoshahar bo‘ladi - 70 gektar maydonda ’Yangi O‘zbekiston bog‘i‘ va sunʼiy ko‘l barpo qilinadi. Bo‘sh maydonlarga ham daraxtlar ekiladi. Sunʼiy ko‘l atrofida so‘lim xiyobon tashkil etiladi", — deyiladi xabarda.

 

 

Davlat rahbari massivdagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarga investorlarni jalb etish, xizmat turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shu bilan prezident Farg‘ona viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"