O'zbekiston

Ekologiya vazirligi Buxoro va Surxondaryoda yo'l qurilishi sababli ko'p sonli daraxtlarning kesilishiga munosabat bildirdi

Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, hukumat hujjatlarida daraxtlarni kesish rejalashtirilmagan

Ekologiya vazirligi Buxoro va Surxondaryoda yo'l qurilishi sababli ko'p sonli daraxtlarning kesilishiga munosabat bildirdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida qurilish ishlari munosabati bilan ko‘p sonli daraxt va butalarning kesilayotgani haqida xabar tarqaldi.
 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining xabar berishicha, 6-iyul kuni Buxoro viloyati hokimligi A-380 avtomobil yo‘lining 150-228 km uzunlikdagi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” qismini rekonstruksiya qilish loyihasini tasdiqlash uchun Ekologiya vazirligiga yuborgan. Loyihada 31 371 ta daraxt va butalarni yaqin atrofdagi bo'sh joylarga ko'chirib o'tkazish ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, 7-iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan 4R-100 “Mangʻuzor-Jarqoʻrgʻon-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yoʻlining 128-174 km va 4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yoʻlining 5-70 km qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasi yuzasidan 21 803 dona daraxtni belgilangan tartibda koʻchirib oʻtkazishda amaliy yordam soʻrab, vazirlikka murojaat qilingan.

 

"Ma’lumot uchun: Bosh vazir o‘rinbosari J. A. Xodjayev tomonidan imzolangan Hukumat komissiyasining 21-iyuldagi 58-son bayonnomasiga muvofiq, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga bir hafta muddatda daraxtlarni atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ko'chirish bo'yicha Hukumat komissiyasiga xulosa berish va tegishli takliflar kiritish topshirilgan", — deyiladi vazirlik xabarida.

 

Vazirlikning qo'shimcha qilishicha, ushbu hujjatda daraxtlarni kesish haqida birorta ham so'z, shuningdek, bunday issiq mavsumda yashil maydonlar bilan biron bir chora ko'rish bo'yicha ko'rsatmalar yo'q.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"