O'zbekiston

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Singapur bilan hamkorlik qilinadi

Agentlik direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Singapurga amaliy tashrifi amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Singapur bilan hamkorlik qilinadi

 

Delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa masʼul tashkilotlar vakillari kiritilgan

 

Tashrif Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) ning "Samarali davlat boshqaruvi" loyihasi doirasida Agentlik tomonidan Singapurning Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish byurosi bilan hamkorlikda tashkil qilingan.

 

Tashrifdan asosiy maqsad — ikki davlat korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Singapurning sohadagi ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishish va maqbul yechimlarini milliy amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

 

Safar doirasida Singapur Bosh prokuraturasi, Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish byurosi, PSB Akademiyasi, Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

 

Maʼlumot uchun: Singapur korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilg‘or tajribaga ega bo‘lib, tegishli reytinglar bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallagan davlat hisoblanadi. Xususan, Transparensy International xalqaro nohukumat tashkilotining 2022 yil yakunlari bo‘yicha Korrupsiyani qabul qilish indeksida Singapur 180 ta davlat orasida 5-o‘rinni egallagan.

 

Tashrifning birinchi kuni Singapurning Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish byurosi va Bosh prokuratura vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish, bu borada aksilkorrupsiya byurosi va prokuratura organlarining roli, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini taʼminlash, shuningdek, davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish tizimi kabi qator muhim masalalarda muzokaralar o‘tkazildi.

 

Uchrashuv so‘nggida tomonlar hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va muntazam tajriba almashish amaliyotini yo‘lga quyish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

 

Tashrifning birinchi kuni delegatsiya aʼzolari shuningdek, Singapur Turizm menejmenti instituti vakillari bilan uchrashib, O‘zbekistonda davlat xizmatchilarini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"